Biz odamlar muntazam foydalanadigan xizmatlarni yaratamiz. Hozir bu qulay moliyaviy servis, tushunarli aloqa va bir zumda qaytadigan keshbek. Biz keraklik vaqtda kerakli servislarni taqdim etish orqali odamlarning hayotini qulayroq, osonroq va tushunarliroq qilish ustida ishlaymiz. Bori bilan cheklanmay, toʻplangan maʼlumotlardan doimiy rivojlanish va yangi foydali mahsulotlarni ishga tushirish uchun foydalanamiz. Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli biznesni ishga tushira oldik, bu yerda 1.5 mln nafar odam xizmatlarimizdan foydalanmoqda. Servisni Yevropada ishga tushirishni rejalashtirdik va AQShda ham loyihani rivojlantiramiz.
Biz inson manfaatlari birinchi oʻrinda turadigan xalqaro kompaniyani barpo etmoqdamiz. Odatiy shablonlardan yiroq boʻlish, ochiq fikrlay olish, odamlar oʻzi istaganicha ishlashi va soʻzlashi — bizni birlashtiradi. Bizning jamoalar turli mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekiston, Germaniya va Polshada ishlaydi. Bizda betakror tajribaga ega CISCO, Yota, Wargaming, Lift, Home Credit India, Yandex, VK, Samsung kabi koʻplab kompaniyalarda tajriba orttirgan odamlar ishlaydi.
Kompaniya haqida |