“Humans Companies” AJ – oʻz faoliyatini 08.07.2021-yildan olib boradi. Jamiyat Oʻzbekistondagi loyihalarga sarmoya kiritish maqsadida barpo etilgan tashkilot hisoblanadi.
Hozirgi kunda quyidagilarni oʻz ichiga olgan:
- “HUMANS” MChJ (Humans savdo belgisi) — fintex-servislar, uyali aloqa xizmatlari va onlayn-toʻlovlar vitrinasini birlashtirgan;
- “MAROQAND” MChJ (UPay savdo belgisi) shaxsiy pul mablagʻlarini nazorat qilish, davlat xizmatlari, mobil aloqa, internet, oʻyinlar uchun toʻlov qilish, kartadan kartaga pul oʻtkazish va elektron hamyonlarni toʻldirish uchun moʻljallangan toʻlov servisi.
Bundan tashqari Jamiyat tijoriy asosda qo‘ng‘iroqlarga ishlov berish (call-markaz) xizmatlarini ham taqdim etadi.