Humansda karyera

"Ajoyib xalqaro jamoa" tushunchasi bizga juda mos keladi. Biz butun dunyo bo'ylab tarqalgan turli katta va kichik kompaniyalardan iboratmiz. Biz 200 kishidan bir oz ko’proqmiz. Biz Nyu-York, Varshava, Moskva, Sankt-Peterburg, Toshkent, Singapur va Minskda yashaymiz. Birgalikda bizda odamlarga haqiqiy foyda keltiradigan yuzlab yangi g'oyalar tug’iladi. Va biz bu g'oyalarni insoniy tarzda amalga oshiradigan jamoamiz.


Jamoamizda tasodifiy odamlar yo'q. Humans kompaniyasida ishlayotgan har bir inson o'z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yadi. Va biz ularga erishmoqdamiz. Biz oson yo'llarni izlamaymiz va standart yechimlar bilan kifoyalanmaymiz.
Hech narsa bizni "boshqalarga o'xshamasdan” qilishimizga to'sqinlik qila olmaydi. Agarda siz barchasi odamlar uchun yaratilgan kompaniyada ishlashni istasangiz, Humans’ga qo'shiling.

Birgalikda biz boshqalarga iloji yo’qdek tuyilgan narsalarni amalga oshiramiz.

Vakansiyalar

Biz boshqalarga ilojsiz tuyilgan narsalar ustida birgalikda ishlash uchun sizni Humans’da kutmoqdamiz.
Call-markaz operatori
Agar siz aloqa markazi operatori sifatida ish tajribasiga ega bo'lsangiz yoki o'zingizni shu sohada sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz, ushbu ish o’rni siz uchun.

Odamlarga qanday foyda keltirasiz:
  • mahsulotlarimiz haqida sodda, ammo qiziqarli tilda gapirish
  • Humans mahsulotlari va xizmatlari haqida har qanday savollarga javob berish
  • brendni ijobiy idrok etish ustida ishlash
  • odamlarning hayotini yengillashtirish
Ushbu vakansiya siz uchun, agar:
  • siz aloqa markazida ishlagan yoki ishni o’rganishga tayyor bo’lsangiz
  • o'zbek va rus tillarida ravon so'zlasha oladigan bo’lsangiz (ingliz tili yaxshi qo'shimcha bo'ladi)
  • hatto eng murakkab narsalarni ham sodda tilda tushuntira oladigan bo’lsangiz
  • muloqot qilishni yaxshi ko'rsangiz
  • yangi gadjetlarni yaxshi tushunsangiz
  • innovatsion kompaniyada karyerangizni boshlamoqchi bo’lsangiz
Humans har bir xodimini qadrlaydi va qulay ish sharoitlarini taklif etadi:
  • biz malaka oshirish muddatini to'laymiz va ish davomida qiziqarli treninglar o'tkazamiz
  • Biz sog'lig'ingiz haqida qayg'uramiz. Buning uchun bizda: Оfis kafesida kuniga 3 marta ovqatlanish va o’z sport zalimiz bor
Savdo bo’yicha mutaxassis
2020-yilda biz O‘zbekistonda biznes qurishni boshladik. Yarim yil ichida bir million nafar abonent jalb qilib, 2020-yil brendiga aylandik, hozir ham rivojlanishda davom etmoqdamiz.

Hozir biz butun O‘zbekiston bo‘ylab mijozlarga ulanishga yordam berib, maslahat bilan qo‘llab-quvvatlaydigan xodimlarni jamoamizga taklif qilyapmiz.

Bizning jamoamizga qo'shilish uchun quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lish lozim:
  • hatto qiyin tushunchalarni ham oddiy tilda tushuntirib bera olish va odamlar bilan suhbatlashishni yaxshi ko'rish
  • o'zbek va rus tillarida ravon so'zlashish (ingliz tilini bilsangiz - nur ustiga a'lo nur)
  • turli qurilmalarni yaxshi tushunish
  • zamonaviy yondashuvga ega kompaniyada ish faoliyatini boshlash istagi bo‘lishi
Biz bilan birga ishlaydigan hammani qadrlaymiz va yoqimli ish sharoitlarini yaratamiz:
Bizda hammasi rasmiy: biz sizni birinchi ish kunidanoq rasmiy qabul qilamiz.
Biz bilan pul ishlash oson: bizda oylik maosh va bonuslar bor, ular 15%ga va undan ko‘proq ham o‘sishi mumkin, mobil aloqa xizmatlari, yo‘l haqi qoplab beriladi va boshqa afzalliklar taqdim etiladi.
Bizning savdo nuqtalarimiz qulay joylashuvga ega: bizning savdo nuqtalarimiz shaharning barcha tumanlarida mavjud.
Bizning ish kiyimlarimiz sifatli: birinchi ish kunidan biz korporativ ish kiyimlari sifatida — zamonaviy kepka, polo va svitshot taqdim etamiz.
Biz rivojlanish tarafdorimiz: biz korporativ o‘qish va treninglarni butun ish faoliyati davomida o‘tkazamiz.
Bizda ish grafigi qulay tuzilgan: dam olish kuni almashadigan, qulay ish tartibi.
Lavozim o‘sishi: kompaniyada rivojlanish, o‘sish va ko‘proq pul topish imkoni bor.

HUMANS’da ishlashni xohlayman